O'lchov va konsultatsiya
Darvoza yoki to'siq tanlashda eng muhim bosqich — to'g'ri o'lchov. Ochilish o'lchamidagi 1–2 sm xato butun konstruksiyaning ishlashiga ta'sir qiladi. Shuning uchun o'lchovni mutaxassisimiz o'zi bajaradi — bu xizmat butunlay bepul va sizni hech narsaga majburlamaydi.
- Qulay kun va vaqtni siz tanlaysiz
- Mutaxassis obyektni ko'rib, mos konstruksiyani tavsiya qiladi
- O'lchovdan so'ng yakuniy narx aytiladi — u keyin o'zgarmaydi
- Toshkent, Jizzax va Samarqand bo'ylab bepul
Mutaxassis obyektga bepul keladi, aniq o'lchaydi va yakuniy narxni aytadi